Erasmus+ “Spacecom” xalqaro loyihasi jamoasi Parijdagi Sorbonna universiteti tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etmoqda. Seminar davomida loyiha bo'yicha bajarilgan ishlar va kelgusida qilinadigan ishlar, o‘quv jarayonlari va ilmiy yo‘nalishlar, universitet laboratoriyalari bilan tanishish, o‘zaro tajriba almashish, universitet rahbarlari uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Seminarda O‘zbekiston va xorijiy davlatlar hamkor tashkilotlari ham ishtirok etmoqda. Eslatma: TATU O‘zbekistonda birinchi marta bunday darajadagi xalqaro loyihaning grand sohibi (grant holder) hisoblanadi.