Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Mobil aloqa texnologiyalari» kafedrasi tomonidan 2022 yil 23-24 noyabr kunlari “Intellektual axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantura izlanuvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Anjumanda quyidagi sho‘balar faoliyat ko‘rsatadi:
1. Intellektual axborot texnologiyalarining dolzarb masalalari va rivojlantirish istiqbollari;
2. Intellektual kommunikatsiya tizimlarining dolzarb masalalari va rivojlantirish istiqbollari;
3. Intellektual axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishda energetika va ekologiyaning dolzarb masalalari;
4. Intellektual axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning iqtisodiy masalalari;
5. Intellektual axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari.
6. Sun’iy yo‘ldoshli va simsiz texnologiyalarining dolzarb masalalari va rivojlantirish istiqbollari;
Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi link orqali lishingiz mumkin. https://t.me/spacecomuzb/22