2022-yil 14-dekabr kuni Toshkent moliya institutida (TFI) Erasmus+ axborot kuni bo‘lib o‘tdi.

thumb

2022-yil 14-dekabr kuni Toshkent moliya institutida (TFI) Erasmus+ axborot kuni bo‘lib o‘tdi.

2022-yil 14-dekabr kuni Toshkent moliya institutida Erasmus+ axborot kuni bo‘lib o‘tdi. Axborot kunida Toshkent shahri va mamlakatning barcha viloyatlaridagi 65 ta oliy o‘quv yurtlari, Yevropa Ittifoqi MS elchixonalari va manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat 130 dan ortiq kishi ishtirok etdi.Mazkur tadbirni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad: Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari ishtirok etishi mumkin boʻlgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha “Erasmus+”  dasturi tomonidan 2023-yil eʼlon qilingan yangi tanlov haqida maʼlumot berish, barcha yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarning aniq misollari va 2022-yilgi oldingi tanlov doirasida tanlangan yangi loyihalar mavzulari bilan tanishtirish, yakunlangan va amalga oshirilayotgan loyihalar natijalarini hisobga olgan holda respublika oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari asosida respublikaning barcha viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalari vakillari oʻrtasida aloqalar oʻrnatish va yangi loyiha gʻoyalarini muhokama qilish imkoniyatini yaratib berish, oldin Tempus yoki Erasmus+ dasturlarida ishtirok etmagan yangi oliy taʼlim muassasalar vakillari uchun loyihalarni tayyorlash boʼyicha uslubiy yordam koʻrsatish hisoblanadi. O'zbekistonda CBHE loyihasida grant oluvchining roli, afzalliklari va duch keladigan muammolar mavzusida SPACECOM Erasmus+ CBHE  loyihasi koordinatori Xabibullo Nosirov (TATU) taqdimot qildi.erasmus-information-day-in-tashkent

Komment qoldirish