Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yevropa Ittifoqining "Yevropa ta'lim va madaniyat ijroiya agentligi" (EACEA) Loyiha ofiseri Maria-Sol Domínguez Parrado monitoring tashrifini uyushtirdi. Unga O'zbekiston Erasmus milliy ofisi koordinatori Aziza Karimovna Abduraxmonova hamrohlik qildilar. Tashrifning asosiy maqsadi Universitet koordinatorlik qilayotgan ikki SPACECOM va INMACOM loyihalarining natijalari, loyihani bajarishda duch kelingan qiyinchiliklar va muammolarni o‘rganish hamda universitet rahbariyati bilan uchrashish.
Uchrashuvlarda universitetning Erasmus loyihalari koordinatorlari hamda qatnashchilari ishtirok etishdi.