O'quv qo'llanmada geodeziya masalalarini hal qilishda sun'iy yer yo'ldoshlaridan foydalanish usullarining nazariy asoslari qisqacha bayon etilgan. O'quv qo'llanmada geodezik tayanch sanoq tizimlari, kosmik apparatlar harakatlarini asoslari va ularni kuzatish usullari keltirilgan. O'quv qo'llanma 70722501 - Aerokosmik usullar bilan tabiiy resurslarni o'rganish mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistrlar uchun tayyorlangan bo'lib, talabalar, aspirantlar va geodeziya profili mutaxassislari uchun ham tavsiya etilishi mumkin.