Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU da gidrometeorologik sunʼiy yoʻldosh prototipi ishlab chiqildi

ITMade jamoasi TATU da 29-31 mart kunlari oʻtkazilgan Erasmus+ ning Spacecom loyihasi miqyosida tashkil qilingan treningda ishtirok etdi va CubeSat (nano sun’iy yo’ldosh) ning prototipini ishlab chiqdi.

 CubeSat (nano sun’iy yo’ldosh) haqida qisqacha ma’lumotlar:
-CubeSat konsepsiyasi 1999 yilda taklif etilgan;
– Dastlabki CubeSat 2001 yil fazoga olib chiqilgan;
– CubeSat oʻlchamlari U (unit) belgisi bilan oʻlchanadi;
– 1U CubeSat oʻlchamlari 10x10x10sm dan, ogʻirligi esa 1.33kg dan oshmasligi zarur;
– 3U nominal kattalik boʻlib, oʻlchamlari 10x10x30 sm dan ogʻirligi 4kg dan oshmasligi zarur;

ITMade jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan CubeSat ning texnik tavsiflari:
-o’lchami – 1U 10x10x10 sm
-EHM – CPU 32 bit/240MHz, 4MB Flash, 520kB RAM
– akkumulyator- 3.7V/5500Ah Li-po
– elektr bloki – 5V/3.3 V DC/DC converter, 3.7V/5V boost(step-up) converter, 5V/3.7V buck(step-down) converter
– sensorlar- GPS/GNSS, 3 o’lchamli accelerometer/magnetometer.

ITMade jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan sunʼiy yoʻldosh monitoring markazi dasturiy taʼminoti.

Dastur yordamida CubeSat ning fazodagi holati va GNSS/GPS joylashuvi haqida maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin:


Gidrometeorologik sunʼiy yoʻldosh orqali olinadigan termal tasvir.

ITMade jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan sunʼiy yoʻldosh xorijlik soha mutaxassisi tomonidan katta qiziqishga sazovor boʻldi.

Hozirda TATU quyida keltirilgan xorijiy hamkorlar bilan faoliyat yuritmoqda:
Technische Universität Berlin,  Berlin/Germany
Sorbonne Université , Paris/France
Artesis Plantijn Hogeschool Antwerpen , Antwerp/Belgium
Technical University of Sofia, Sofia/Bulgaria
EXOLAUNCH GmbH, Berlin/Germany
COURSENTO, Berlin/Germany

TATU da 29-31 mart kunlari oʻtkazilgan Spacecom loyihasida tashkil qilingan trening ishtirokchilari.

Bugungi kunga kelib 2 900 dan ortiq CubeSat lar ishlab chiqilgan va fazoga chiqarilgan yoki chiqarilishi rejalashtirilgan. ITMade jamoasi Oʻzbekiston uchun dastlabki gidrometeorologik sunʼiy yoʻldosh prototipini ishlab chiqqani bilan faxrlanadi va bizning sunʼiy yoʻldoshlar fazoda oʻz oʻrniga ega bo’lishiga ishonadi.

#MadeInTUIT
41.34050,N, 69.28660,E

IT Made Social Networks: https://linktr.ee/ITmade